La Liga: Bu yulduz mavsumni “Barsa”da yakunlashi mumkin emas!

  • 24 fevral, 16:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

La Liga rahbari Xaver Tebas Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Olmo mavsumni “Barselona”da yakunlamasligi kerakligini ta’kidladi.

- Men “Barselona” o‘z muammolarini hal qilib olishini kutdim. Buning uchun kataloniyaliklarda avgustdan boshlab, to‘rt oy vaqt bor edi. Ishlash va muammo echimini hal qilish uchun etarli vaqt bor edi. Ular esa hammasini juda tez, uch kunda uddalashni istadi.

3 yanvar kuni “Barselona” biz so‘ragan to‘lovlar kafolatini berdi. Lekin ular taqdim qilgan kompaniyaning to‘lovlarni amalga oshirishga qodirligi shubha ostida qoldi. Ular Ispaniya oliy sport kengashiga (CSD) murojaat qildi. 24 soatdan keyin bu masalani hal qilgandek bo‘lishdi. Bu ayrim masalalar bo‘yicha shubha tug‘diryapti.

Olmo o‘tgan yili yozda “Barselona” bilan shartnoma tuzayotganida dekabrni u qaydnomadan o‘tkazilmasligini bilgan. Bu futbolchi mavsumni “Barsa” bilan La Ligada yakunlamasligi kerak. Biz o‘z talablarimizni aniq keltirganmiz, - dedi Xaver Tebas.

Ta’kidlash joizki, Ispaniya oliy sport kengashi (CSD) La Liga va Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi qarshiligiga qaramay, “Barselona”ga Daniel Olmo va Pau Viktorni La Liga, Ispaniya kubogi va Superkubogi uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi.

Ana endi bu masala hali ham to‘liq echimini topmagan bo‘lib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!