
La Liga. "Barselona" Kataloniya derbisida yirik hisobda zafar quchdi, Levandovskidan dubl
La Liga 29-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Jirona"ni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda "ko‘k-anorranglilar" 4:1 hisobida zafar quchdi.
"Barsa" safida Levandovski dubl qilgan bo‘lsa, Ferran bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, mehmonlar himoyachisi Kreji o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. "Jirona"ning yagona goli Danjuma tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Barselona" "Real" bilan 3 ochkolik farqni yana tiklab qo‘ydi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Barselona
- Robert Lewandowski 61'
- Ladislav Krejčí 43'
- Ferran Torres 86'
- Robert Lewandowski 77'

Jirona
- Arnaut Danjuma 53'
Fikrlar