
La Liga. "Barselona" - "Atletiko": "Matraschilar" so‘nggi soniyalarda gol urib, g‘alabani ilib ketdi
La Liganing 18-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Atletiko" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda Simone shogirdlari so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketishdi.
Dastlab, Pedri mehmonlar jarima maydonchasi ichiga ajoyib tarzda rib kirdi va hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida esa De Paul uzoq masofadan zarba yo‘llab, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. So‘nggi daqiqalarda esa Syorlot g‘alaba golini urdi.
Ushbu o‘yindan keyin Madrid klubi 41 ochko bilan birinchi o‘ringa chiqib oldi. "Barselona" esa ikkinchi pog‘onaga tushdi.
- Ispaniya - La Liga
- Joriy Mavsum

Barselona
- Pedri 30'
Tugadi
1
:
2
22.12.2024 01:00

Atletiko Madrid
- Rodrigo de Paul 60'
- A. Sørloth 90'
Fikrlar