
La Liga. "Barsa" xavfli zonada borayotgan "Valyadolid"ga mag‘lub bo‘ldi
La Liganing 36-turida "Valyadolid" - "Barselona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 2-daqiqada Kristensen o‘z darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 22-daqiqada Larin penaltdan unumli foydalandi. Plata 73-daqiqada oradagi farqni 3 taga oshirdi va oradan ko‘p o‘tmay Levandovski hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa, "Barsa" turnir jadvalidagi ochkolari soni 85 taligicha qoldi. "Valyadolid" esa 38 ochko bilan xavfli zonadan chiqib oldi.
Fikrlar