
La Liga. "Atletiko" "Jirona"ni yirik hisobda taslim etdi
La Liga 31-turidan o‘rin olgan "Atletiko" - "Jirona" bahsi o‘z yakuniga etdi. Gollarga boy bo‘lgan bellashuvda "matraschilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Antuan Grizmann dubl qayd etgan bo‘lsa, Anxel Korrea ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Kataloniya klubining yagona goliga Artyom Dovbik mualliflik qildi.
Shu tariqa, Simeone shogirdlari o‘z uyida g‘alabani tantana qildi.
Fikrlar