Kvaratsxeliya: "Ronaldu bilan maydonda uchrashishni orzu qilganman"

  • 23 iyun, 2024, 00:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gruziya terma jamoasi "Evro-2024" 2-turida Chexiya termasi bilan durang o‘ynadi (1:1). 1-turda Gruziya terma jamoasi Turkiyaga imkoniyatni boy bergandi (1:3).

Tecno

26 iyun kuni Gruziya terma jamoasi "Evro-2024" guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Napoli" xamda Gruziya terma jamoasi futbolchisi Xvicha navbatdagi o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi:
  
“Albatta, bugungi natija nimanidir anglatadi, chunki bu Gruziyaning Evrodagi birinchi ochkosi. Lekin biroz hafsalamiz pir bo‘ldi. Sababi, Portugaliya bilan o‘yin oldidan g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Bu futbol, ​​hamma narsa bo‘lishi mumkin, imkoniyat bor ekan, oxirigacha kurashamiz."

"Bu normal holat, biz ham quvonch, ham umidsizlikni his qilamiz. Raqib qanday bo‘lishidan qat’i nazar, oxirigacha kurashamiz. Biz Portugaliyani hurmat qilamiz, lekin hamma narsa mumkinligini ko‘rsatmoqchimiz. Ronaldu mening kumirim. U bilan maydonda to‘qnash kelishimizdan xursandman. Bu mening orzuim edi", - dedi Gruziya qanot vingeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!