Kutilmagan xabar! Aguero futbolchilik faoliyatiga qaytadi

  • 1 aprel, 2022, 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” va “Barselona” sobiq hujumchisi Serxio Aguero o‘yinchilik faoliyatini qayta tiklashi mumkinligini ma’lum qildi.

Tecno

“Shaharliklar” safi o‘n yil o‘ynaganidan keyin erkin agent sifatida o‘tgan yoz “Barselona” safiga qo‘shilgan argentinalik yulduz, yuragidagi muammo tufayli kutilmaganda faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgandi.

33 yoshli futbolchi yarim yil davomida futboldan uzoq byurgani, davolanib etarli darajada hordiq chiqargani yuragining to‘liq tuzalishiga ishonch uyg‘otayotganini bildirdi.

- Kuni kecha, men yana futbol o‘ynay olaman, degan xulosaga keldim. Shifokorlar 5-6 oy jismoniy yuklamalardan yzoq yurishimni aytishgandi. Men yana mashq qila boshladim.

Menga “Inter Mayami”dan qo‘ng‘iroq qilishdi. Lekin ularning taklifini rad etdim, buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi, - dedi Serxio Aguero.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!