
Kutilmagan transfer: Ronalduning agenti uni “Barsa”ga joylayapti!
“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari agar Krishtianu Ronalduga Angliyadan tashqaridan taklif bo‘lsa, hujumchini qo‘yib yuborishga tayyorligini ma’lum qildi.
Manbalarning ta’kidlashicha, porutgaliyalik yulduzning agenti Jorje Mendesh “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashib, o‘z mijozini Kataloniya klubiga trasnfer qilish bo‘yicha muzokara o‘tkazgan.
Ma’lumki, kataloniyaliklar ko‘p gol ura oladigan hujumchiga ehtiyoj sezmoqda.
Bundan tashqari, Menden Angliya premer-ligasida o‘ynayotgan yana bir mijozi – Bernardu Silva masalasini ham ko‘targan. Bu hujumkor futbolchi “Manchester Siti”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tishni istayapti.
Fikrlar