Kurash. O‘zbekiston chempionati start oldi

CHERY AUTO

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida Kurash bo‘yicha U-13 kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan kurash sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tishdi. Shundan so‘ng musobaqaga rasmiy start berildi.

Mazkur chempionatda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mingdan ortiq yosh sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!