
Kunya muxlislarga xayrlashuv maktubini yo‘lladi
Braziliyalik hujumchi Mateus Kunya Madridning "Atletiko" klubini tark etadi. 23 yoshli futbolchi allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda xayrlashuv postini e’lon qilgan.
"Bu klubda o‘zimni juda qulay his qildim. "Atletiko", sen menga o‘zim xohlagan hamma narsani berding va doim yuragimda qolasan. Barchangizga katta rahmat", - deyiladi janubiy amerikalikning postida.
Avvalroq Mateus Angliya premer-ligasiga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga "Vulverxempton" va Londonning "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kunya joriy mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "matraschilar" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, hozircha 20 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar