Kumanning o‘rnini hech kim kutmagan mutaxassis egallaydi

  • 22 sentabr, 2021, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mutaxassis Andrea Pirlo “Barselona”ni boshqarish imkoniga ega bo‘ldi. “Barselona” Lionel Messi ketganidan beri o‘z o‘yinini topa olmayapti va La Ligada dastlabki to‘rtta uchrashuvdan ikkitasida ochko yo‘qotib ulgurdi.

Tecno

Qolaversa, Ronald Kuman shogirdlari Chempionlar ligasida ham sharmanda bo‘ldi.

Joan Laporta tez orada bosh murabbiy masalasini hal qilishi kutilmoqda. Avvalroq, klub rahbariyati jamoani Antonio Konte yoki Xaviga topshirishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

Endi ular qatoriga Andrea Pirlo qo‘shildi. Italiyalik mutaxassisning “Yuventus”dagi faoliyati muvaffaqiyatsiz baholangan. Uning qo‘l ostida turinlik futbolchilar o‘n yildan beri o‘zida saqlab kelayotgan skudettoni “Inter”ga bosh berdi.

Shunga qaramay, Joan Laporta bilan kelisha olsa, Pirlo Kataloniya superklubiga ustozlik qilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!