
Kuman Messining do‘stlarini mashg‘ulotdan haydadi
Kumanning navbatdagi mashg‘ulotiga Lionel Messi kelmagani haqida xabar bergan edik. Niderlandiyalik mutaxassis bugungi mashg‘ulotlardan jamoani tark etishi lozim bo‘lgan Luis Suares va Arturo Vidalni haydab yubordi.
Bosh murabbiy har ikki futbolchisi tez orada jamoani tark etishini inobatga olib, ularning mashg‘ulotda qatnashishini lozim topmadi. Klub bilan amaldagi shartnoma kelasi yilning yozigacha davom etadigan har ikki futbolchi ayni payida o‘ziga jamoa tanlamoqda.
Suares “Yuventus” bilan kelishib olgani aytilayotgan bo‘lsa, Arturo “Inter” safiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Fikrlar