Kulibali: «Sterlingga qo‘ng‘iroq qildim»

  • 5 dekabr, 2022, 18:35
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Senegal himoyachisi Kalidu Kulibali «Chelsi»dagi jamoadoshi Raxim Sterlingning uyini o‘g‘rilar to‘nab ketgani haqida gapirdi. Unda inglizning uyidan bir nechta qimmatbaho buyumlar olib chiqilgani aytilgandi.

Tecno

«Men Sterlingning uyiga o‘g‘rilar to‘naganini bilmasdim. Bundan juda ham hayronman. Umid qilamanki, ayni dam uning oilasi yaxshi vaziyatda. Men unga nima bo‘lganini bilish uchun qo‘ng‘iroq qildim. U bilan hammasi yaxshi», - dedi Kulibali Angliya bilan o‘yindan keyingi bergan intervyusida.

Kecha Senegal terma jamoasi jahon chempionatining 1/8 finalida Angliya bilan uchrashdi. Kulibali 90 daqiqani maydonda harakat qildi, ammo uning jamoasi 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini to‘xtatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!