
Kroos va Tchuameni "Liverpul"ga qarshi o‘ynamaydi
"Real" Madrid klubi futbolchilari Toni Kroos va Orelen Tchuameni chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Ikkala futbolchi ham kengaytirilgan tarkibdan joy olmagan.
Ispan manbalarining xabar berishicha, Kroos va Tchuameni gripp bo‘lib qolgan. Ular shu sababli "Enfild"dagi o‘yinni o‘tikazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Real" bahsi ertaga tungi soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar