
Kristian Atsu vayronalar ostidan o‘lik holda topildi
"Xatayspor" klubi futbolchisi Kristian Atsu Turkiyadagi zilzila oqibatida vafot etdi.
Avvalroq, Atsuning jamoadoshi uni tirik qolganini aytgan edi. Ammo bugun yarim himoyachi vayronalar ostidan o‘lik holda topildi. Bu haqda klub rasmiy xabar ham berdi.
Ma’lumot uchun, Kristian faoliyati davomida "Chelsi", "Nyukasl" va "Everton" klublarida to‘p tepgan. U ushbu mavsum boshida Turkiya chempionatiga kelgandi.
Fikrlar