Kriket federatsiyasi nogironligi bo‘lgan yoshlar bilan ishlashni boshladi

  • 7 yanvar, 2023, 13:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, o‘tgan yili O‘zbekiston kriket federatsiyasi O‘zbekiston Nogironlar jamiyati markaziy boshqaruvi bilan birgalikda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, shu jumladan kriket sport turini keng aholi qatlami, xususan, imkoniyati cheklangan insonlar orasida ham ommaviyligini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashgan edi.

Tecno

Mazkur hamkorlik doirasida kriket federatsiyasi tomonidan 2023 yilning dastlabki kunlaridanoq xayrli ishlarni boshlab yuborishdi. Xususan, kecha 5 yanvar kuni poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 66-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda kriket federatsiyasi vakillari, murabbiy va sportchilari bir guruh nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun dastlabki ilk o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

Kriket federatsiyasi bosh kotibi Jahongir Murodov imkoniyati cheklangan yoshlarni ham kriket sport turiga faol jalb etish orqali jamolarni shakllantirish va ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, kriket bo‘yicha sportchilar ishtirokida kriket qoidalarini tushuntirib, amalda o‘yin orqali bajarib ko‘rsatishdi. O‘quv-mashg‘ulotda ishtirok etib jarayonlarni kuzatgan imkoniyati cheklangan yoshlar esa kriket sport turiga qiziqishi ortgani va mashg‘ulotlarda ishtirok etish, kriket bo‘yicha jamoalar tuzish istagi borligini qayta-qayta ta’kidlashdi. O‘z o‘rnida federatsiya vakillari buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berishni o‘zlarining asosiy vazifasi sifatida qabul qilishdi.

photo_2023-01-05_20-34-00

photo_2023-01-05_15-37-52

photo_2023-01-05_20-37-04

photo_2023-01-05_15-37-47

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!