
Koutino uchun yana bir da’vogar topildi
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino yozda Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, ayni damda "Bavariya"da ijara asosida to‘p surayotgan braziliyalik futbolchiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq, nemis klubi Koutinoni Kataloniya klubidan to‘laqonli sotib olishni rejalashtirmayotgani, o‘z navbatida "Barselona" ham futbolchini kelajak rejalariga kiritmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar