
Koronavirus Kataloniya klubining sobiq bosh murabbiyini hayotdan olib ketdi
Kataloniyaning "Espanol" klubi sobiq bosh murabbiyi Benito Xoanet koronavirus pandemiyasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra Benito koronavirusga chalinishidan oldin yurak xurujiga uchragan. Shu bois uning immuniteti COVID-19 virusi bilan kurashishga etmagan.
Natijada shifokorlar 84 yoshli Benito Xoanetning hayotini saqlab qola olishmagan.
Fikrlar