Korme Miochich bilan jangdan so‘ng nima qilmoqchi?

CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni, 40 yoshli amerikalik jangchi Daniel Korme professional karerasini yakunlashidan avval Stipe Miochich bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi.

Tecno

Avgust oyida 37 yoshli Miochich UFC 241 turnirida chempionlik uchun kurashda Kormeni nokautga uchratgan edi.

"Keyingi jang men uchun so‘ngisi bo‘ladi. Bu Stipe bilan jang bo‘lishi kerak. Birov bilan jang qilishning ma’nosi yo‘q. Men raqobat qilishni yaxshi ko‘raman, lekin men kareramni shunday yakunlashni istamayman.

Bu safar to‘g‘ri jang olib boraman. Umid qilamanki, bu g‘alaba qozonish uchun etarli bo‘ladi. Ammo g‘alaba yoki mag‘lubiyatdan qat’i nazar , bundan keyin men oktagonga chiqmayman.

Stipe bilan ikkinchi jang juda ajoyib bo‘ldi, shunchaki hayratlanarli. To‘g‘ri, men uchun ijobiy emas, lekin ajoyib. Men Stipedan eng yaxshi vazn toifasidagi chempionlik kamarini olib qo‘yishga tayyorman deb aytishim mumkin. Lekin buning uchun yaxshiroq jang o‘tkazishim kerakligini ham aniq bilaman”,- dedi Korme jurnalist Ariel Xelvanining instagramdagi videosida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!