
Kontega Kante kerak
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kante "Inter"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, frantsiyalik futbolchini shaxsan “neradzurrilar” bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibda ko‘rishni xohlayapti. Klublar tez orada ushbu transfer yuzasidan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Kante “Chelsi” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida “aristokratlar” safida jami 170 ta o‘yinda maydonga tushdi va 11 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar