
Konte yana "Yuventus"ga qaytishi mumkin
Italiyalik mutaxassis Antonio Konte yana “Yuventus”ga qaytishi mumkin. Bu haqda Sky Sports News xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 49 yoshli murabbiy ushbu masala yuzasidan turinliklar rahbariyati bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuve”ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri yangi mavsumda ham “keksa sinora”ni boshqarmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” Konte qo‘l ostida 3 karra Italiya chempionligini va ikki karra Italiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar