Konte: "Siti"ni mag‘lub etish - fantastik natija"

  • 20 fevral, 2022, 07:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, "shporlar" turnir peshqadamiga qarshi mukammal o‘yin ko‘rsatdi. 

Tecno

"Manchester Siti" kabi jamoani o‘z uyida taslim etish - fantastik natija. Ularga tan bermasdan iloj yo‘q. Bugun "shaharliklar" dunyoning eng yaxshi klubi ekanini isbotladi. 

Qayd etish lozim, biz kuchli raqibga qarshi mukammal harakat qildik. Ayniqsa, yigitlar himoyada ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. 

Bu g‘alaba biz uchun o‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytarishi kerak. Oldinda hali ko‘p bahslar kutib turibdi. Yuqori o‘rinlar uchun kurashishda davom etamiz", - dedi italiyalik mutaxassis.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!