
Konte Perishichni hujumda o‘ynatmoqchi
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte kecha “Manchester Yunayted”ga (1:0) qarshi o‘yinda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa yarim himoyachisi Ivan Perishichdan ko‘ngli to‘lmayotganini aytdi.
“Biz ishlayapmiz, ammo hali hammasi qoniqarli darajada emas. Masalan, Perishich bizning maydondagi talablarimizga javob bera oladi deb o‘ylamayman. Hozirda u o‘ynashi mumkin bo‘lgan yagona pozitsiya bu hujum”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Ta’kidlash kerakki, Mauro Ikardi va Raja Nainggollanlar bilan yuzaga kelgan muammo sabab Konte “Inter”da 3-5-2 taktik sxemasini qo‘llashga majbur bo‘lmoqda.
Fikrlar