
Konte "Arsenal"ning sobiq hujumchisini "Inter"da ko‘rmoqchi
"Inter" klubi "Parma" hujumchisi Jervinoga qiziqish bildira boshladi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “neradzurrilar” 33 yoshli ivuarlik futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Uni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte tarkibda ko‘rmoqchi.
Jervino “Parma” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 68 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 20 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Bundan avval u "Beveren", "Le-Man", "Lill", "Arsenal", "Roma" va "Xebey Chayna Forchun" klublarida o‘ynagan. Kot-d'Ivuar terma jamoasida esa 80 ta o‘yinda 22 ta gol urgan.
Fikrlar