Konor Makgregor Oq Uydagi UFC turnirida juda katta gonorar olishi mumkin
37 yoshli irlandiyalik MMA ustasi Konor Makgregor o‘zining kelasi yildagi jang haqida bayonot berdi.
"Yana bir bor MMA olamini xursand qilish imkoniyatini intizorlik bilan kutyapman. Bu hissiyotni hech qachon oddiy narsa sifatida qabul qilmayman. Shuningdek, mazkur kechadan 100 million dollar ishlab olishim ham mumkin", - dedi irland.
Eslatib o‘tamiz, Konor oxirgi marta 2021 yil iyulida oktagonga chiqib, amerikalik Dastin Poredan birinchi raundda texnik nokautga uchragan edi.



Fikrlar