
Konor Makgregor Chendlerning chaqiruviga javob berdi
UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Maykl Chendlerning saqiruviga javob berdi.
"Shubhasiz, men bu yigitga qarshi jang qilardim. Menga ham yarim o‘rta vazn yoqadi. Faoliyatimning qaysidir pallasida u bilan jang qilishga tayyorman. Oxirgi jangdan keyni nimalar sodir bo‘layotganini ko‘ryapman. Maykl, ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman", - deya yozib qoldirgan Konor.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Chendler UFC 274 turinirida Toni Fergyusonni nokautga uchratib, Makgregorni jangga chaqirgandi.
Fikrlar