
Kompani rasman "Anderlext"ga qaytdi
Belgiyalik mashhur himoyachi Vensan Kompani rasman "Anderlext" futbolchisi sifatida ommaga tanishtirildi.
Ta’kidlash kerakki, 33 yoshli futbolchi bundan buyon jamoada o‘ynovchi murabbiy bo‘ladi. U bungacha 2008-2019 yillarad “Manchester Siti” klubi sharafini himoya qilgan. U “shaharliklar” safida jami 12ta sovrin qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Kompani “Anderlext” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003-2006 yillarda ushbu jamoada o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, “Anderlext” o‘tgan mavsum Belgiya chempionatini 6-o‘rinda yakunladi.
Fikrlar