Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

  • 26 iyun, 2019, 23:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko Xunior" klubi va Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi Luis Dias faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.

Tecno

Kolumbiyalik jurnalist Julian Sespedesning xabar berishicha 22 yoshli futbolchi Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi bilan shartnoma imzolagan. Piterliklar esa uning transferi uchun 7 mln evro sarflagan.

Ta’kidlash kerakki, Diasga shuningdek “Portu” ham qiziqish bildirayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Dias o‘tgan mavsum 17ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishgan. U ayni damda Kolumbiya terma jamoasi safida Amerika kubogida ishtirok etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!