
Kobbi Maynuning kelajagi yaqin kunlarda aniq bo‘ladi
"Daily Mail" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" yaqin 48 soat ichida yarim himoyachi Kobbi Maynu borasida qaror qabul qiladi.
20 yoshli futbolchi jamoadagi o‘yin amaliyotidan norozi va Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tishga tayyor. Shu bilan birga, uning shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda siljish yo‘qligi vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.
Maynuga 10 ta klub qiziqish bildirgan, ularning ayrimlari allaqachon MYu bilan bog‘langan. Mankunianliklar esa qarorida ikki yo‘lni ko‘rib chiqmoqda: futbolchini ijaraga berish yoki sotish.
Fikrlar