Klubsiz yurgan yulduz chempion jamoa safiga qo‘shilishi mumkin

  • 19 avgust, 15:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeymi Vardi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Hujumchiga amaldagi chempion "Napoli" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Italiya klubi rahbariyati jarohat olgan Romelu Lukaku o‘rniga Vardini olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Belgiyalik futbolchi son mushaklari shikastlangani sababli uch oyga safdan chiqqan.

Vardining o‘zi hozirda klubsiz yuribdi. U yozda shartnomasi tugaganidan keyin "Lester"ni tark etdi. Mish-mishlarga ko‘ra, 38 yoshli forvardga "Seltik", "Vest Xem" va "Brentford" klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

O‘tgan mavsumda Jeymi Vardi "Lester" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!