"Klubga keladigan murabbiy o‘zgartirish kirita oladi, rahbarlar bilan uchrashib, iltimos qilib so‘ramoqchiman" - Davron Fayziev "Qo‘qon-1912"dan ketyapti...mi?

  • 23 aprel, 2023, 14:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligada qatnashayotgan “Qo‘qon-1912”ning maqsadi yana Superligaga qaytish. Ular bu ishni shu yilning o‘zidayoq bajarishmoqchi. Biroq ko‘rinib turibdiki, vazifani bajarish oson ish emas. Kuni kecha asosiy raqobatchilaridan biri – “Lokomotiv”ni qabul qilib 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Ahamiyatlisi, raqib bir kishi kam bo‘lib, qo‘qonliklarni engdi. Uchrashuvdan keyin “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi Davron Fayziev iste’fo so‘radi.

Tecno

- Avvalambor, hammani, futbol ishqibozlarini hayit bayrami bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan ikkita jamoa to‘qnash keldi. Uchrashuv juda qiziqarli kechdi. Faqat eng alamlisi, bu o‘yinda murabbiy sifatida men yutqazdim. Hamma guvoh bo‘ldi, qiziq o‘yin kechdi. “Lokomotiv” jamoasi 10 kishi bo‘lib yaxshi futbol namoyish etdi. Yigitlarimiz o‘yinga bo‘lgan ishtiyoqini juda ko‘rsatib bera olmadilar. Hayajon juda qattiq bo‘ldi. Nima bilan bog‘liq, bilmadim. Hamma aybni o‘z bo‘ynimga olaman. O‘tgan safar ham aytgandim, himoyada ancha pala-partishlik yuzaga kelyapti. Bu narsa bugungi uchrashuvda ham namoyish bo‘ldi. O‘tgan safar “Navbahor-farm”ga qarshi uchrashuvdan keyin klub rahbariyatiga agar keyingi ikkita turda jamoa g‘alaba qozona olmasa, menga ruxsat berishlarini so‘raganman. Shuning uchun o‘ylaymanki, klub rahbariyatining har qanday qarorini hurmat qilaman. Shu sababli o‘zim iste’fo so‘rayapman. Balki dam olish payti kelgandir. Ozroq chalg‘ishim kerakdir! Lekin bugungi uchrashuv o‘tgan yilgi “Surxon” bilan o‘yinning nusxasiga o‘xshab ketdi. Nazarimda, o‘sha uchrashuv yana xuddi qaytarilgandek. Ha, o‘zgarishlarda xatoliklar qildim, buni tan olaman.

davron fayziev_3

- Mo‘min Melievni tezda maydondan olinishi tushunarsiz bo‘ldi. Uning o‘rniga tushgan Sardor Etovqo‘ziev ham yaxshi o‘ynay olmadi. Undan ko‘ra, Jamshid Hasanovning tushirilishi yaxshi emasmidi?

- Savolingiz to‘g‘ri. Balki Mo‘min Meliev kirishib keta olmagandir. Hozir aytdim-ku, o‘zgarishlar qilishda xatolikka yo‘l qo‘ydim. Meliev yaxshi hujumchi. Maydonda harakati bilan ko‘rsatishi kerak. Maydonga tushayotganida ko‘proq to‘psiz harakat qilishini ta’kidlagandim. Lekin to‘g‘risi, qoniqtirmadi. Yana qayta o‘zgarishga qo‘l urdik. Uning o‘rniga tushirilgan Sardor Etovqo‘ziev kelajagimiz. Ammo u ham murabbiyni qoyil qoldiradigan darajada harakat qilmadi. Bu erda futbolchilar aybdor emas, murabbiy sifatida men aybdorman. Jamshid Hasanovga keladigan bo‘lsak, u biz bilan ikki haftadan beri shug‘ullangani yo‘q. Endi 4-5 kundan beri mashg‘ulotda qatnashishni boshladi. Unda jarohat bor edi. O‘yinga tushirish menimcha katta xato bo‘lardi. Mashg‘ulotlarda hali 100 foiz ishlay olmagandi. Harakat qildiyu, 60-70 foiz darajada. Balki oxirgi 5-10 daqiqada taktik o‘zgarish tufayli imkoniyat berish mumkin edi. Bugun Allohdan bizga yozilgani shunday ekan, buni tan olishimiz kerak. Qo‘qonlik muxlislar jonkuyarlar, ular jamoa uchun qayg‘urishyapti. Ishqibozlarimizga minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoamizga ishonishda davom etishlarining tilakdoshiman. Klubga keladigan murabbiy o‘zgartirish kirita oladi. Men klub rahbarlari bilan uchrashib, iltimos qilib so‘ramoqchiman.

davron

- Raqib o‘yinchisining qizil kartochka bilan maydondan chetlatilishi “Qo‘qon-1912”ning foydasiga emas, ziyoniga ishladi, desak bo‘ladimi?

- Balki “Lokomotiv”ga qarshi bir kishi kam bo‘lib qolishga biz tayyor emasligimiz ko‘rindi. Jamoamiz bo‘shashib, o‘yinni ertaroq tugatib qo‘ydi. Balki 11 ga 11 bo‘lganida jamoamiz yaxshi harakat qilib turgandi. Ehtiyotkorlik, umuman hammasi joyida edi. Raqib kamchilik bo‘lib qolgach, yigitlarda bo‘shashlik holati yuzaga keldi. Buni oqibatida jazolandik. Bunday paytda murabbiy har doim aybdor bo‘ladi. Futbolchilardan hech kimni ayblay olmayman. Yigitlar harakat qilishdi.

Shuhratbek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
23/04/2023 16:08
Даврон ёнингга Бахтиёрни чакиргин сен билмасангда ман санлар билан бирга туп тепганман ахмоклик килманглар устозларингни ранжитманглар Бахтиёрни чакир илтимос чакиргин Футболни улдирманглар Д А В Р О Н илтимос сен кучлисан
Кахрамонжон Сафаров
23/04/2023 16:03
Даврон сани томинг кетганми ман сани ута хурмат киламан олдингга бос жон укажон сандаканги футболчи ёки мураббий колмаяпти Даврон нима киляпсан ман сани маколангни тулик укимасдан санга омад тилаб ёзяпман агар сан кетсанг КУОН ФУТБОЛИ улади имкон булса