Klopp tez oradagi murabbiylikka qaytadimi? Mutaxassisning o‘zi bunga oydinlik kiritdi

  • 28 iyun, 17:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurgen Klopp yaqin vaqt ichida murabbiylik faoliyatiga qaytishni istamayapti. Bu haqda germaniyalik mutaxassis "Welt" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Tecno

"Yaqinda kimdir menga: "Yaqin orada yana murabbiy bo‘lasan", dedi. Ammo mening ichki tuyg‘ularim buni inkor etadi" — dedi sobiq "Liverpul" ustozi.

Klopp mersesaydliklardagi vaqtini ajoyib deb atadi va bu davrdan faqat iliq xotiralar qolganini ta’kidladi.

"Men hech narsani sog‘inmayapman. Murabbiy bo‘lishni yaxshi ko‘rardim, ammo bu men uchun hayotiy ehtiyoj emas edi" — deya ta’rif berib o‘tdi nemis mutaxassisi.

Ma’lumot o‘rnida, Yurgen ayni paytda "Red Bull" kompaniyasida futbol bo‘yicha rahbar lavozimida ishlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!