
Klopp Saudiya klublarining transferidan FIFA va UEFAni ogohlantirdi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Saudiya Arabistoni klublarining transferiga munosabat bildirdi.
“Saudiya Arabistoni jamoalarining ta’siri katta. Menimcha, bunday vaziyatda eng yomoni, ularning transfer oynasi Evropanikidan uch hafta keyin yopiladi. Men shunga o‘xshash narsani eshitdim va agar men haq bo‘lsam, buning Evropaga foydasi yo‘q.
UEFA yoki FIFA bunga echim topishi kerak. Ammo hozir men bundan keyin nima bo‘lishini bilmayman”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Evropaning top-ligalarida transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi. Saudiya Arabistonida esa klublar transferlarni 20 sentyabrgacha amalga oshirishi mumkin.
Fikrlar