Klopp nechta futbolchi bilan janjallashgani oshkor bo‘ldi

  • 8 may, 2024, 07:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp o‘yin vaqtida jamoaning asosiy to‘purari Muhammad Saloh bilan urishib qoldi.

Tecno

Jurnalistlar germaniyalik mutaxassis Liverpuldagi faoliyatida bir necha o‘yinchilar bilan ziddiyatga borganini o‘rganib chiqdi. Natijada Muhammad Saloh Klopp bilan tortishgan birinchi futbolchi emasligi oshkor bo‘ldi.

“Liverpul”ni katta yutuqlarga etaklagan Yuren Klopp o‘zi ishlayotgan 2015 yildan boshlab bir necha yulduzlar bilan murosa qila olmay qolgan. Misrlik forvarddan tashqari Jordan Xenderson, Mario Balotelli, Mamadu Cako ham Kloppning g‘azabiga duchor bo‘lgan.

Qizig‘i shundaki, bosh murabbiy ziddiyatga borgan futbolchilarning bari oxir-oqibat “Liverpul”ni tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!