
Klopp murabbiylikka qaytsa, qaerda ishlashi deyarli ma’lum
Germaniya terma jamoasi sport direktori Rudi Fyoller Bundestim bosh murabbiyi sifatida germaniyalik mutaxassis Yulian Nagelsmanning o‘rnini nazariy jihatdan kim egallashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“Agar Yulian Nagelsmann qachonlardir Evropa yoki Germaniyaning top-klubini boshqarganim ma’qul, degan qarorga kelsa, albatta, biz Yurgen Klopp nomzodidan voz kechmaymiz.
Klopp uzoq vaqt Germaniyadan tashqarida ishlagan. Albatta, men uni yuqori baholayman. Yurgen Klopp murabbiylikda aql bovar qilmaydigan faoliyat o‘tkazdi”, - dedi Vyoller so‘zlarini keltirmoqda Sport.de ZDF nashriga bergan intervyusida.
Nemis mutaxassisi o‘tgan yozda "Liverpul"ni tark etgandi. Klopp hozircha hech qaysi jamoa murabbiyi emas.
Fikrlar