
Klopp “Chelsi”dan chiqqan vunderkindni kutyapti
“Chelsi” akademiyasi bir necha yildan buyon iste’dodli futbolchilarni tarbiyalab kelmoqda. Ularning aksariyatiga asosiy tarkibdan joy topilmagani bois, “aristokratlar” muntao‘am ravishda boshqa klublarga o‘yinchilarini ijaraga beradi.
“Liverpul” londonliklarning yulduzli tarkibiga sig‘may qolgan iste’dodli yosh futbolchi Billi Gilmorni o‘z saviga qo‘shib olmoqchi. Yurgen Klopp qishki transferlar vaqtida Gilmorni Liverpulga ko‘chirib kelmoqchi.
Billi joriy mavsumni “Norvich Siti” o‘tkazyapti. Bu futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, zo‘r o‘ynayapti va o‘ziga nisbatan etuk o‘yinchilardek munosabatni kutmoqda. Tomas Tuxel esa uni asosiy tarkibga qo‘shishga shoshilmayapti.
Gilmorni o‘zgacha iste’dod sohibi sifatida tan olgan Yurgen Klopp unga boshlang‘ich tarkibdan joy berishni rejalashtirgani futbolchida “Liverpul”ga o‘tish ishtiyog‘ini uyg‘otdi.
“Chelsi” Gilmorning transferini 60 million funtga baholamoqda.
Fikrlar