
Klopp bu taklifni rad etdi
"Liverpul"ning sobiq ustozi Yurgen Klopp AQSh terma jamoasidan taklif olgani haqida xabar bergan edik.
Jurnalist Devid Ornshteynning 57 yoshli germaniyalik mutaxassis amerikaliklarning taklifini rad etgan. Manba bergan xabarga ko‘ra, rad etishga nemis mutaxassisi ma’lum muddat murabbiylik faoliyatidan tanaffus olishga qaror qilgani sabab bo‘lgan.
Kloppning so‘nggi klubi 2015 yildan buyon boshqargan "Liverpul" edi. O‘tgan mavsum yakunlangach, mutaxassis mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi va klubni tark etdi.
Aytish joizki, 2026 yilda AQSh Meksika va Kanada bilan birgalikda jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Fikrlar