Kino olamini larzaga keltirgan yakkakurash ustalari yoxud millionlab bolalarning kumiriga aylangan aktyorlar

CHERY AUTO

Jahon kino olamida jangovar ruhdagi, yakkakurash turlari bilan yo‘g‘rilgan filmlar doimo tomoshabinlar diqqat markazida bo‘ladi. Ayniqsa, 1970-1990 yillarda ushbu turdagi kinolarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan. Shuning uchun ham kino sanoatiga professional sportchilarni jalb qilish urfga aylanadi. Ular orasida keyinchalik bu yo‘nalishda shuhrat qozongan, millionlab bolalarning kumiriga aylangan qahramonlar paydo bo‘ladi. Ya’ni, sportchilik faoliyatidan ko‘ra, aktyor sifatida nom qozonib, o‘ziga xos tarix yaratganlar ham bor. Ular orasida esa, ba’zilari yaqqol ajralib turadi.

Tecno

Quyida, ularning eng mashhurlari bilan tanishtiramiz.

Bryus Li

Bu haqida so‘z borar ekan, birinchi navbatda Li Syaolung, ya’ni Bryus Li ko‘z oldimizga keladi. Bryus Lining ismini bilmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Kinoda ham, jang san’atlari dunyosida ham afsona. 20-asrning eng taniqli shaxslaridan biri. Jang san’ati bilan shug‘ullanadigan dunyo bo‘ylab millionlab o‘g‘il bolalarning kumiri. Bryus Li shunchaki kino aktyori emas, u jang san’atlari olamidagi haqiqiy faylasufdir. Aktyorlikdan tashqari Bryus Li o‘zining ishtirokidagi filmlarning prodyuseri, rejissyori va hatto stsenariy muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, u jit-kun-do yakkakurash turining hamda norasmiy tarzda aralash jang san’atlarining ham asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Afsuski, u 1973 yil 33 yoshida olamdan o‘tdi. Uning o‘limi bilan bog‘liq juda ko‘p taxminlar mavjud.

li

Chak Norris

1980-90 yillarning eng ko‘zga ko‘ringan aktyorlaridan biri... Chak kino olamidan tashqari sport dunyosida ham katta shuhrat qozongan. Karate va kikboksing bo‘yicha 7 karra jahon chempioni hisoblanadi. Uni dunyoning turli hududlaridan shogirdlari bor. Jumladan, O‘zbekistondan Xo‘jamqul Xo‘jaqulov ham sevimli shogirdlaridan biri hisoblanadi. Chak Norris yurtdoshimizga Niklos, deb nom qo‘yganligini ham ko‘pchilik bilsa kerak. U o‘z tajribasidan kelib chiqib, yakkakurash turlarining chun-kuk-do turiga ham asos solgan. Har yili bu yo‘nalish bo‘yicha dunyoning ko‘plab davlatlaridan tashrif buyurgan sportchilar ishtirokida festival bo‘lib o‘tadi.

11a

Stiven Sigal

Haqiqiy jang san’ati ustasi Stiven Sigal yoshligida karate bilan shug‘ullanishni boshlagan, 15 yoshida u aykidoni o‘rgangan va 17 yoshida Yaponiyaga ko‘chib o‘tgan, u erda sharqona jang san’atlari falsafasini to‘la o‘zlashtiradi. Ahamiyatlisi, Stiven Sigal Yaponiyada o‘zining jang san’ati maktabini ochishga ruxsat olgan birinchi va yagona amerikalik bo‘ldi. Aynan, Yaponiyada Sigalda suratga olish maydonchasida bo‘lish nasib etadi va shu tarzda u jangovar filmlarning namoyandasiga aylandi.

sigal

Dolf Lundgren

Ushbu qahramonimiz 14 yoshidan karatening kiokushinkay yo‘nalishi bilan shug‘ullana boshlagan. Ko‘p o‘tmay, u Avstraliya va Evropa chempionligini qo‘lga kiritadi. Keyinchalik, bodibilding va kikboksing bilan ham jiddiy sur’atlarda mashg‘ulotlar olib borgan. Uning ushbu sport turlaridagi muvaffaqiyatlari kino olamiga etaklaydi. Keyinchalik esa uning bu olamdagi mashhurlik onlari boshlanadi.

or

Jeki Chan

Ushbu aktyor ko‘z oldingizga kelishi bilan beixtiyor yuzingizga kulgu yuguradi. Ha, u kino olamida “portlash” qilgan shaxslardan biridir. Ya’ni, hazil va jangovar yo‘nalishni birlashtirgan komediya janrining asoschisidir. U kino olamiga kaskadyor sifatida kirib keladi. O‘sha buyuk Bryus Lining filmlarida ham kaskadyorlik qilgan. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, u o‘zi ishtirok etgan kinolardagi murakkab tryuklarning barchasini o‘zi bajaradi. Albatta, buning uchun yuksak darajadagi qobiliyat bo‘lishi lozim. Jeki esa bunga qodir. Chunki u kung-fu va akrobatika bo‘yicha professionallarning professionalidir!

ch

 

Jan-Klod Van Damm

1980 yillarning yana bir qahramoni Jan-Klod Van Damm kinoga o‘zi bilan tengdosh bo‘lgan boshqa barcha jang san’atlari aktyorlaridan oldinroq kelgan. Belgiyada tavallud topgan Van Damm 12 yoshidan karate bilan shug‘ullangan va bu borada jiddiy yutuqlarga erishgan. U Evropa chempionligini ham qo‘lga kiritgan. Shuningdek, kikboksing bo‘yicha ham turli natijalarni qo‘lga kiritgan.

van

Mark Dakaskas

Mark yakkakurashchilar oilasida tavallud topgan. Uning birinchi murabbiyi otasi hisoblanadi. Mark kung-fu va karate bo‘yicha jiddiy yutuqlarga erishadi. Jumladan, ikki sport turi bo‘yicha u Evropa ochiq chempionati g‘olibiga aylangan. Uning nafaqat otasi balki onasi ham ushbu sport turlaridan bir qator yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Dakaskas kapoeyra, dzyudo kabi sport turlarini ham jiddiy ravishda o‘zlashtirgan. Keyinchalik u kino olamini tanladi va bu yo‘l unga juda katta shuhrat keltirdi.  

mark

Albatta, bu borada yana bir qator yulduzlarni ham aytib o‘tish mumkin. Misol uchun, Jet Li, Bolo Yang, Bill Uolles  qolaversa, yangi asr yulduzlari ham juda ko‘p. Ular haqida esa keyingi maqolamizda so‘z yuritamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!