
Kimmix: "Leyptsig" ikki uchrashuvda ham "Real"dan yaxshiroq o‘ynadi
Yozua Kimmiz "Real" bilan bahs haqida gapirdi.
- 2018 yili yarim finalda "Real"ga qarshi ikkala uchrashuvda ham gol urgansiz. Biroq "Bavariya" musobaqadan chiqib ketgan. Qasos olishga tayyormisiz?
- Ikkala jamoa ham 2018 yildan so‘ng ancha o‘zgardi. Bu voqea olti yil avval bo‘lib o‘tgan. Rivojlanish uchun ko‘p vaqtimiz bor edi va ikki klub ham ko‘p voqealarni boshidan kechirdi.
- Madrid klubi bilan o‘tgan o‘yinda nimani o‘rgandingiz va nega bu jamoa ushbu turnirda muvaffaqiyat qozonmoqda?
- Chempionlar ligasidagi "Real" ruhiyat va o‘yin sifati borasida juda kuchli. Ularda doim kuchli tarkibga ega jamoa bor. Garchi, "Leyptsig" ikkala bahsda ham kuchliroq o‘ynagan bo‘lsa ham "Real"ga mag‘lub bo‘ldi. Xuddi "qaymoqranglilar"ning o‘ziga xos xususiyati bordek tuyuladi.
Fikrlar