
Kim g‘olib bo‘ladi, Topuriya yoki Hollouey? Aleksandr Volkanovski javob berdi
Yarim engil vazn(65 kg)da sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Iliya Topuriya va Maks Hollouey jangi uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Bu bahs juda shiddatli o‘tishi aniq. Men Topuriyaning g‘alaba qozonishini istayman, ammo raqib Hollouey ekanini hisobga olib, Maksning imkoniyatlarini yuqori baholayman. Menimcha, Iliya kamarini himoya qila olmaydi", - dedi Volkanovski "Sabmission Radio" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya (15-0) va Maks Hollouey (26-7) jangi 26 oktyabr kuni "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar