
Kikboksing. “Toshkent Open” xalqaro turniri yakunlandi
9-12 may kunlari poytaxtimizda kikboksing bo‘yicha “Toshkent Open” xalqaro turniri o‘tkazildi. Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan, shuningdek Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondan jami 300 nafarga yaqin o‘smirlar va yoshlar kick-light, light-contact, full-contact, low-kick va point fighting yo‘nalishlarida o‘z maxoratlirini namoyish etishdi.
Xalqaro turnirning so‘nggi kunida hal qiluvchi bellashuvlarga yo‘llanma olgan sportchilar o‘rtasida galafinal janglari tashkil etildi. Bosh sovrin uchun 12 ta vazn toifasida janglar tashkil etilib, unda Abdulloh Rixsiboev, Husanboy Sultonboev, Muhammadamin Oxunboboev,Toirjon Qosimjonov,Odiljon Usanov, Soliha Gabaeva kabi jami 12 nafar sportchi raqiblarini engib chempionlik shoxsupasiga ko‘tarildi.
Aynan ushbu xalqaro turnir shu yil sentyabr oyida poytaxtimizda o‘tadigan Jahon kubogi baxslari oldidan umidli yoshlarimiz uchun o‘ziga hos ko‘rik va sinov vazifasini o‘tab berdi.
Baxtiyor Toshtemirov.
Fikrlar