Keynni La Liganing grand klubi ilib ketmoqchi

  • 13 noyabr, 14:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning "Barselona" klubi "Bavariya" hujumchisi Xarri Keynni Robert Levandovskining ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli angliyalik forvardga "Chelsi", "Manchester Yunayted" va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirgan. Shu sababli "Barselona" uchun Keynni olib kelish oson bo‘lmaydi.

Shu bilan birga, futbolchining o‘zi "Bavariya"da faoliyatini davom ettirishni xohlayotgani ta’kidlanmoqda.

Joriy mavsumda Keyn barcha musobaqalar doirasida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali forvardning bozor qiymatini 75 million evro deb baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!