
Keyn "Bavariya"da super sermahsullik namoyish etyapti
Xarri Keyn Bunesliga doirasida "Volfsburg"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bellashuvda jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.
"Bavariya" forvardi 8 mavsumdan buyon kamida 25 ta gol urib kelmoqda.
Keyn 2017/18 yilgi mavsumda o‘z rekordini o‘ratgan. O‘shanda u "Tottenxem" safida 48 ta bellashuvda 41 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgandi.
Keyn joriy mavsum myuxenliklar tarkibida 22 bellashuvda maydonga tushib, 25 gol va 8 ta assistga mualliflik qilgan.
Fikrlar