Ketma-ket uchinchi bor finalga chiqqan Berrettini va nihoyat to‘xtatildi

  • 24 iyul, 2022, 17:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Shveytsariya kortlari mezbonlik qilgan "Suisse Open Gstaad" musobaqasi nihoyasiga etdi. 

Tecno

Turnirning erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarida finalga italiyalik Matteo Berrettini hamda Norvegiya vakili Kasper Ruud etib keldi. 3 set davom etgan o‘yin Kasperning 4:6, 7:6(7:4), 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

E’tiborga molik tomoni, Berrettini bunga qadar qatnashgan so‘nggi 2 ta turnirida finalga chiqib, yakunda bosh sovrinni o‘ziniki qilgandi. Shuningdek, u 12 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyotgan edi. Ruud bu seriyaga ham chek qo‘ya oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!