Kepa: "Real" Madrid Chempionlar ligasining qiroli"

  • 18 aprel, 2023, 17:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" darvozaboni Kepa Arrizabalaga Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yini oldidan "Real"ning kuchi haqida gapirdi.

Tecno

Ispaniyalik darvozabon Madridda bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvda ikki marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Londonliklar "Santyago Bernabeu"da o‘tkazib yuborilgan gollarga javob bera olmadi.

"Hammaga ma’lumki, "Real" Madrid Chempionlar ligasi qiroli va birinchi o‘yinda biz shunday kuchli raqibga haddan tashqari ko‘p imkoniyat berdik. Menimcha, biz birinchi o‘yinda Vinisius uchun juda ko‘p joy qoldirdik va ertaga bunga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak", dedi Kepa matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" - "Real" uchrashuvi bugun tungi soat 00:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!