Kenjaboev va Abduholiqovlarning ahvoli qanday?

  • 19 aprel, 2019, 02:58
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvidan (3:1) so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiev yarim himoyachi Islom Kenjaboev va hujumchi Bobir Abduholiqovlarning ahvoli borasida jurnalistlar tomonidan yo‘llangan savolga javob  qaytardi.

Tecno

"Abduholiqov davolanmoqda va unga futboldan bir muddat dam olish imkonini berdik. Kenjaboev esa kecha shamollab qolgan edi. Qolaversa, uning elkasidan olgan jarohati ham hali to‘liq tuzalmadi", - dedi Berdiev.

Shahzod Xolbev, Andijon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!