
Kelasi yil bo‘lib o‘tadigan eng katta jang qaysi? UFC prezidenti Dana Uayt javob berdi
UFC bosh direktori Dana Uayt kelasi yil o‘tkazishni istagan eng katta jang qaysiligini aytdi.
"Men eng ko‘p xohlagan bahs - Jon Jons va Tom Aspinall o‘rtasidagi to‘qnashuvdir. Aslida vazifam ham shu: muxlislarga istagan narsasini berish" - deya Uaytning so‘zlarini keltirdi "Championship rounds".
Eslatib o‘tamiz, Aspinall oxirgi jangida Kyortis Bleydsni 1-raunddayoq nokautga uchratdi. Jons esa 3-raundda Stipe Miochichni texnik nokaut qildi.
Fikrlar