
Kavani uchta supertaklifni rad etdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Edinson Kavani yozgi transferlar oynasining oxirgi kunida uchta klubdan juda manfaatli takliflar olganiga qaramay, Sulsher jamoasida faoliyatini davom ettirishni ma’qul ko‘rdi.
Birinchi navbatda, “Yuventus” urugvaylik to‘purar agentlar bilan bog‘lanib, unga ikki yillik shartnoma va Krishtianu Ronaldudan qolgan 7-raqamni berishni va’da qildi. Shuningdek, o‘tgan yili Kavanini olishdan bosh tortgan “Barselona” va “Atletiko” ham bu gal unga taklif bilan chiqdi.
Edinson “Manchester Yunayted”ga Krishtianu Ronaldu kelganidan keyin raqobat kuchayib ketishi aniqligiga qaramay, shu klubda qolishga qaror qildi.
Fikrlar