Katerina Kozlovanin navbatdagi raqibi Arina Sobolenko bo‘ladi
Charlstonda Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada ukrainalik tennischi Katerina Kozlova dastlabki bosqichdan g‘alabali odimladi.
Katerina turnirning birinchi davrasida chexiyalik Kristina Plishkovaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda Kozlova 7:5, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa "Volvo Car Open"dagi ikkinchi uchrashuvida Kozlova belaruslik Arinoy Sobolenkoga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.



Fikrlar