
Katanets O‘zbekiston bilan 10-g‘alabasini tantana qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi halqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Amerika vakili Boliviya ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Srechko Katanetsning bu "oq bo‘rilar" bilan g‘alaba qozongan 10-o‘yini bo‘ldi. Sloveniyalik mutaxassis "oq bo‘rilar" postiga kelgach, 15 ta bahs o‘tkazdi va shulardan 10 tasida zafar quchdi.
4 ta (Shvetsiya 1:2, Iordaniya 0:3, Gruziya 0:1, Kosta-Rika 1:2) o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak, bitta Rossiyaga (0:0) qarshi o‘yinda g‘olib nomi aniqlanmadi.
Fikrlar